4-dekabr kunining ikkinchi yarmida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov “O‘zbekistonda sun’iy intellekt va koreys tilini o‘qitishni rivojlantirish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi. Ushbu tadbirda Koreya Milliy Assambleyasi Ta’lim qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Respublikasining Koreyadagi elchisi, shuningdek OTQTMOI direktori U. Begimqulov ishtirok etdi.
I. Tuxtasinov O‘zDJTUda koreys tili bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Koreya oliygohlari, O‘zbekistondagi Koreya ta’lim markazi va KOICA tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik hamda loyihalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, koreys tilini o‘rganish va o‘qitishni rivojlantirish borasidagi takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Muloqot qatnashchilari koreys tilini o‘qitishni rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berib, kelgusida ushbu faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Shundan so‘ng, rektor I. Tuxtasinov forumning sho‘ba yig‘ilishi va B2B formatdagi uchrashuvda “Ta’limni globallashtirish jarayonida sun’iy intellektning roli” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Yig‘ilish ishtirokchilari forum doirasida ko‘rib chiqilgan masalalar, jumladan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.