Jurnalistika yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish istagidagi talabalar uchun ijodiy imtihon bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jurnalistika yo‘nalishiga o‘qishini ko‘chirish istagidagi talabalar uchun ijodiy imtihon bo‘lib o‘tdi.
Imtihon jarayonini universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Rektor talabalarni imtihon jarayonida faol ishtirok etishga chorlab, ularga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Ijodiy imtihon tegishli mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etildi. Jarayon davomida talabalar jurnalistika sohasiga oid bilim, ko‘nikma va ijodiy salohiyatini namoyon etdi.
Imtihon jarayonlari shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillari asosida olib borildi.
2026-08-18 04-03