Bugun OʻzDJTU Kengashining 5- sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Kengash raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov va Kengash aʼzolari ishtirok etdi.
Kengashda 2022-2023 oʻquv yili bakalavr va magistratura talabalar qabuli natijalari, 2023-2024 oʻquv yilida OʻzDJTUda bajarilayotgan mahalliy va xalqaro loyihalar, yakunlangan oʻquv yilida bitiruvchi mutaxassislarning ishga joylashganlik holati, Xalqaro aloqalar boʻlimi, Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimining 2024-yil ish rejasi tasdigʻi kabi masalalar toʻgʻrisida hisobot tinglandi va natijalar muhokama qilindi.
Kengashda universitetning rahbar xodimlari, professor oʻqituvchilari, doktorant va talabalarning xorijda malaka oshirishi va amaliyot oʻtashlari, ilmiy pedagogik xodimlarning monografiyasini nashrga tavsiya etish masalalari koʻrib chiqildi.
Tadbir davomida ilmiy unvon sohibiga aylangan, mahalliy va xalqaro yutuqlarga erishib kelayotgan O'zDJTU o'qituvchilari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.