Kengash doirasida rektor Ilxomjon Tuxtasinov yuksak professional faoliyat yuritib, universitet obroʻsini, ilmiy nufuzini koʻtarishda yelkadosh boʻlib kelayotgan faol, mehnatkash, fidoyi ustoz va xodimlarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi. 

Jumladan:
Muborak 80 yoshga to‘lgani munosabati bilan Ingliz tili 3-fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №3” kafedrasi dotsenti Tukhtakhojaeva Zulfiya Tukhtayevna tabriklandi.

Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi mudiri Yormatova Dilarom Yormatovna O‘zbekiston Respublikasi “DXX Chegara qo‘shinlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani munosabati bilan muborakbod etildi.

 “Bir million dasturchi” loyihasida eng yuqori natijaga erishgan talabalarga ustozlik qilgani uchun “Zamonaviy axborot texnologiyalari” katta o‘qituvchisi Ablizova Gulzakhiryam Alimovna va “Zamonaviy axborot texnologiyalari” o‘qituvchisi Aripova Gulchehra Ishankulovna tabriklanib, ularga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 

-Jahon adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Qahharova Dilafruz Abdug‘aforovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomi bilan;
-Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Polvonova Dilrabo Tagaymuratovna psixologiya fanlari bo‘yicha PhD diplomi bilan;
-O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori Yuldasheva Shakhlo Shukurlayevna pedagogika fanlari doktori (DSc) diplomi bilan taqdirlangani uchun muborakbod etildi va ularga, an’anaga muvofiq, noutbuklar sovgʻa sifatida topshirildi.
-Shuningdek, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2 kafedrasi dotsenti v.b., PhD Sadikova Sevinch Alievna dotsent ilmiy unvoni diplomini qoʻlga kiritgani bilan tabriklandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, Jahon adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi G‘iyosov Mirali Abdullayevich “Kelajak bunyodkori” ordeni bilan mukofotlangani bilan muborakbod etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube