OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovga 30 nafar koʻmakka muhtoj yoshlar biriktirilgan boʻlib, har birining ehtiyojidan kelib chiqib, zarur yordamlar ajratilmoqda.

Ularning 20 nafari imkoniyati cheklangani bois qizil toifaga olingan. Sergeli tumani, Xonobod MFY, Beruniy koʻchasi 21-uyda istiqomat qiladigan Nurqoʻziyeva Dilfuza Raxmonali qizi ham ayni shu bois yordamga muhtoj yosh sifatida OʻzDJTU rektoriga biriktirilgan. Bugunga qadar Dilfuzaning xolidan bir necha bor xabar olingan, zarur yordamlar koʻrsatilgan va vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun planshet ham berilgan edi.

Bugun esa Nurqoʻziyeva Dilfuzaga universitet rektori tomonidan Chinobod sanatoriysida dam olishi uchun yoʻllanma taqdim etildi. Sihatgohda salomatligini tiklash imkoniyati bilan birga Dilfuzaga bayram sovgʻasi ham berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube