Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan har yili 9-dekabrda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni nishonlanadi.

BRMning 16-yo'nalishi - “Tinchlik,adolat va samarali boshqaruv” ijrosi bo’yicha 7-dekabr kuni 2-TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olinib, “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusi doirasida davra suhbati tashkil etildi. 

OʻzDJTU Ingliz tili amaliy fanlar № 3 kafedrasi ustozlari hamda 2-TTJ pedagoglari D.Afzalxonova , F.Gazibayeva tomonidan olib borilgan dastur davomida taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashning kompleks yondashuvini, jumladan, qonunlarni hayotga tatbiq etish, taʼlim muassasalari faoliyatining shaffofligini oshirish, talabalar va taʼlim xodimlarini korrupsiya oqibatlari haqida oʻqitish va taʼlim muassasalari faoliyatini monitoring qilishga har bir shaxs mas’ul ekanligi tushuntirish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, oraliq nazorati haftaligi davomida talabalar bilimini baholashda shaffoflik ustun ekanligi va har qanday vujudga kelishi mumkin bo’lgan qiyinchlik, muammolar haqida ma’sullarni xabardor qilish lozimligi tushuntirildi. 

Talabalar ham mavzu doirasida o'z fikrlarini bildirishdi va qiziqqan savollariga asosli javoblar olishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube