KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Uchtepa tumani, “Guzar” MFY

Bugun, 5-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga 19-Farhod saylov okrugidan deputat sifatida “Guzar” MFY hududida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.

 



Muloqot davomida hududni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish kelishib olindi.


Hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube