Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Toshkent shahrining Uchtepa tumani Guzar mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yetakchilari va faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Mazkur tashrif Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 19-Farhod saylov okrugidan deputati sifatida amalga oshirildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi. Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, ijtimoiy sohadagi islohotlar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, suhbat jarayonida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv mahalla bilan hamkorlikni kuchaytirish va joylardagi muammolarga bevosita yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.