Joriy yilning 22-may sanasida O'zDJTU talabalari Yog'och o'ymakorligi bo'yicha mahorat darsiga tashrif buyurishdi.

Tarjimonlik fakulteti tyutorlari N.Masadikova, Sh.Tursunova, T.Ashirovalar o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Yog'och o'ymakorlik yo'nalishi bo'yicha San'at festivali oltin medal sohibi Sirojiddinov Jaloliddin hamda uning shogirdlari bilan birgalikda "Yog'och o'ymakorligi" bo'yicha mahorat darsiga tashrif buyurishdi.

Yoshlarimizni moddiy va nomoddiy madaniy merosimiz, xalqimizning qadimdan rivojlangan hunarmandchilik an'analari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

2024-05-23 02-15

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi