Maktabda master-klass darslari tashkil etildi
2026-yil 12-yanvar kuni 283-maktabda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti katta o‘qituvchisi A. Murtazayeva tomonidan “How songs can supercharge ESL classrooms” mavzusida master-klass darsi o‘tkazildi. Tadbirda S. Mannonova, N. Sharipova va N. Salimova ishtirok etdilar.
Master-klass davomida qo‘shiqlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, lug‘at va grammatikani tabiiy yo‘l bilan o‘rgatish, shuningdek, tinglab tushunish hamda talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari amaliy misollar asosida namoyish etildi.

Ishtirokchilar dars uchun mos qo‘shiqlarni tanlash, speaking faoliyatlarini samarali tashkil etish hamda interaktiv topshiriqlar ishlab chiqish bo‘yicha foydali tajriba va g‘oyalarga ega bo‘ldilar. Mazkur master-klass musiqa vositasida ESL darslarining samaradorligini oshirish mumkinligini yana bir bor tasdiqladi.