14-iyun sanasida  Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilari Turkiyaning Yildiz Technical Universitetida oʻquv kurslarida malaka oshirmoqda. 

2024-yilning iyun oyida reja asosida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasining 2 nafar professor-oʻqituvchilari — Dilnoza Kholikova, Malokhat Sharipovalar dunyoning top 1000 taligiga kirgan Turkiyaning Yildiz Technical Universitetida malaka oshirishmoqda. 

Ular Yildiz Technical Universiteti “Oliy taʼlimda oʻqitishga asoslangan innovatsion yondashuvlar va Taʼlimni boshqarish” oʻquv kurslarida Prof. Dr. Mehmet Engin Deniz hamda Prof. Dr. Seydi Ahmet Saticilar tomonlaridan Taʼlim berishda rejalashtirish, “Nima uchun yondashuvimizni oʻzgartirishimiz kerak?”, Maqsadlar qoʻyish, Maqsad yozib olish, Loyihaga asoslangan taʼlim, Oʻqitish strategiyalari mavzularidagi modullardan dars mashgʻulotlarida ishtirok etishmoqda.

2024-06-19 01-28

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi