Ma’naviyat kengashining 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ma’naviyat kengashining 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov olib bordi.
Unda universitet rahbariyati vakillari, fakultetlar mas’ullari, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari hamda universitet tyutorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, universitetning asosiy binosi hamda talabalar turar joylariga kirish qismlarida talabalarni turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha tashkil etilgan yordam ko‘rsatish markazlari — infokiosklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Mustaqillikning 35 yilligini munosib nishonlash masalalari o‘rin oldi.
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish, ularning turar joy bilan bog‘liq murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, infokiosklar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarni mazmunli tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
2026-08-18 04-00