Bugun Toshkent davlat transport universitetida “Maʼrifat maydoni” Respublika tanlovining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovda Xalqaro innovatsion universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoalari 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʻyicha bellashdi. Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi. Yakuniy natijalarga koʻra: 2-oʻrinni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 1-fakulteti fakultet jamoasi qoʻlga kiritdi. Eslatma! Ushbu jamoa “Maʼrifat maydoni” tanlovining universitet va hududiy bosqichlarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.  

2024-05-14 11-38

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi