2025 yilning 21- aprel kuni, OʻzDJTU, Ingliz tili amaliy fanlar № 3 kafedrasi ustozlari Isamuxamedova M.N va Kambarova D. M hamda 2416 -guruh talabalari ishtirokida TTJ binosida 5-muhim tashabbusning 1 chi-yo‘nalishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Men yoqtirgan asar” mavzusiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatining maqsadi — kitobning mazmuni va asosiy g'oyalarini tahlil qilish, asardagi personajlarning muammolarini muhokama qilish, shuningdek, shaxsiy tajriba va fikrlarimizni o'rtoqlashish edi. Suhbatda kitobning insonlar orasidagi o'zaro munosabatlar, ichki izlanishlar va o'zligini anglashdagi muammolarni qanday ko'rsatgani haqida fikr almashdik.
Suhbat yakunida ishtirokchilar kitobdan olingan saboqlarni o'zlarining shaxsiy tajribalari bilan bog'lab, o'z fikrlarini bildirdilar. Ko'pchilik kitobda o'zligini anglash va saqlashning naqadar muhimligini ta'kidladi. Kitobda insonning ichki kurashi va hayotdagi qiyinchiliklarga qarshi kurashish haqida ko'plab qimmatli saboqlar mavjud.