“MENING RAQAMLI HUQUQLARIM” MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

“MENING RAQAMLI HUQUQLARIM” MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori A. Bekmurzayeva tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari ishtirokida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet profilaktika inspektori Sherbayev Sanjar Tillakabilovich talabalarga raqamli huquqlarni himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida talabalarga raqamli muhitda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz hamda mas’uliyatli foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, raqamli makonda turli tahdid va huquqbuzarliklarning oldini olish, muammoli holatlarga duch kelganda tegishli tartibda murojaat qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube