Mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi suhbat imtihonlari tashkil etildi

23-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga joriy yilning 4-choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka mutaxassislik bo‘yicha suhbat imtihonlari boʻlib oʻtdi.

 

 

Dastur davomida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, imtihon topshiruvchi mustaqil izlanuvchilarga omad yor boʻlishini tiladi. 

Imtihon malakali mas’ul mutaxassislar tomonidan ochiqlik, shaffoflik tamoyillariga asoslanib olindi. Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar imtihon oluvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berib, oʻz bilim-koʻnikmalarini namoyish etishdi. 

Tez fursatlarda suhbat imtihonlari natijalari e’lon qilinadi. 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube