Navbatdagi dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 14-iyul Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dasturda Shokirov Sherali Ibrohimovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Turli tizimli tillar persepsiyasida simmetrik va assimmetrik munosabat” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.