Navbatdagi qisqa muddatli kurs boshlandi

25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 22-avgustdagi 321-sonli buyrug‘i — “Oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda 2025/2026-oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamkorligida qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi.

 

    

Kurs “Oliy ta’limda ta’lim jarayonini rejalashtirish va metodik ta’minot: zamonaviy yondashuvlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

Dastlabki “Oliy ta’limda o‘quv va huquqiy me’yoriy hujjatlar sharhi” modulini O‘quv-uslubiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i Adinayev Odil Jumanovich olib bordi. Unda normativ-huquqiy asoslar, amaliy hujjatlar bilan ishlash tartibi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning dolzarb jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tinglovchilar yangi o‘quv yili oldidan zaruriy huquqiy asoslar, rejalashtirish hujjatlari va uslubiy tavsiyalar bilan yaqindan tanishib, faol muhokama va savol-javoblar orqali o‘z malakasini oshirishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube