31-may kuni O'zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich Ingliz filologiyasi fakultetida ham bo’lib, o'qituvchilar bilan suhbatlashdi.
Dastur davomida rektor talabalar masalasi yuzasidan korrupsiya holatlarining oldini olish bo'yicha qat'iy chora-tadbirlar ko'rilishini ma'lum qildi. Yil yakuni imtihonlari munosabati bilan talabalarga yaxshi tayyorgarlik ko'rish va korrupsiyaga aralashmaslik bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, o'qituvchilarga o'z malakalarini oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro almashinuv dasturlarida faol ishtirok etish, xalqaro grantlar uchun ariza topshirish va ilmiy maqolalar chop etish masalalari yuzasidan tavsiyalar aytildi, nufuzli xalqaro konferensiyalarda qatnashish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlandi.