O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Respublika til o‘qitish markazida tashkil etilgan Gid-tarjimonlik tayyorlov kursi tinglovchilari poytaxtimizdagi qator muhim madaniy-ma’rifiy maskanlarga tashrif buyurdilar.
Xususan, tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy va O‘zbekiston xalq yozuvchisi, dramaturg hamda tarjimon Abdulla Qahhor uy-muzeylari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida yodgorlik majmuasining asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda muzey ekspozitsiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hamda taniqli san’at va adabiyot namoyandalarining hayoti va ijod yo‘li bo‘yicha qimmatli tarixiy-ma’rifiy tushunchalar taqdim etildi.
Muzey xodimlari tomonidan olib borilgan mazmunli sharhlar tashrif ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.