O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi tarmoq markazida malaka oshirish kurslari yakunlandi

2025-yil aprel–may oylarida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan bir qator malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

 

 

Jumladan:
1-may – 31-may kunlari o‘tkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish kursida filologiya va tillar o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishida 19 nafar tinglovchi test imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.


Aprel–may oylarida o‘tkazilgan masofaviy va qayta malaka oshirish kurslarida ingliz, nemis, fransuz, rus, ispan tillari hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishlarida jami 124 nafar tinglovchi malaka oshirdi. 

 Gunadarma universiteti (Indoneziya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro qo‘shma kursda esa 13 nafar tinglovchi ishtirok etdi.

 

 

2025-yil 28-may kuni o‘tkazilgan bitiruv marosimida Attestatsiya komissiyasi raisi va a’zolari tinglovchilarga baholash mezonlari haqida ma’lumot berib, ularning keyingi faoliyatlariga omad tiladilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube