O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qizlar terma jamoasi “Talaba qizlar ligasi” musobaqasida navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida futzal bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Talaba qizlar ligasi” sport musobaqasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti terma jamoasi qizlari munosib ishtirok etmoqda.

 

 

29-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tgan nimchorak final uchrashuvida O‘zDJTU terma jamoasi “UMFT” jamoasini 9:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G‘alaba bilan qutlaymiz va keyingi bosqichda omad tilaymiz!

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube