O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Xalqaro kitoblar koʻrgazmasida
27-aprel kuni oliygohlar o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida Sulton Qobus markazida tahsil olayotgan OʻzDJTU talabalari Masqat shahrida joylashgan Xalqaro kitoblar ko'rgazmasida ishtirok etishdi.
Ko'rgazmada butun dunyodagi eng sara va turli yo'nalishdagi yangi kitoblar namoyish qilindi.
Jumladan, Arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o'qituvchisi Ahmad al-Zubaidi tomonidan nashr qilingan "هل أنت مترجم" (Sen tarjimonmisan?) nomli kitobi koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi.
Dastur kitobxon talabalarimizda ajoyib tassurot qoldirdi va zarur bilim-koʻnikmalarga boy boʻldi.