O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Koreya Respublikasi Gangneung–Wonju Milliy Universiteti hamkorligi rivojlanmoqda!
22-yanvar kuni yuzma-yuz uchrashuv doirasida ikki universitet vakillari:
Gangneung–Wonju National University:
Kim Youngsik – Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori, Xalqaro savdo va hududshunoslik kafedrasi professori;
Lee Jiyeong – Xalqaro aloqalar bo‘limi ma’muriy xodimi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti:
Feruza Rashidova – Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i; Zuhra Sadullaeva – Qo’shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo’limi Xalqaro aloqar bo’yicha mutaxassis
Double Degree-qo‘shma ta’lim dasturlari (2+2, 3+2 bakalavriat va 1+1 magistratura) hamda tayyorlov kurslari bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.