O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yana bir muhim yutuqqa erishdi!

Bugungi kunda universitetimiz tomonidan ishlab chiqilgan ikkita muhim raqamli loyiha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan rasman mualliflik huquqi bilan himoyalandi:

-Universitet rasmiy veb-saytining mobil ilovasi
-Talabalar amaliyoti platformasining mobil ilovasi

 

 

Adliya vazirligi tomonidan berilgan rasmiy guvohnomalar(№ DGU 55443 ) universitetimizning raqamli rivojlanish yo‘lidagi jiddiy qadamlarini yana bir bor tasdiqladi.

Bu nafaqat texnik yutuq, balki talabalarimiz, o‘qituvchilar va bitiruvchilarimiz uchun qulaylik yaratish yo‘lidagi katta g‘alabadir!

Loyiha mualliflari va ijodkorlari:

• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i Sobir Tuychiyev Abdusodiqovich

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari:

•  Abdiev Bayramali Abdiqayum o‘g‘li
• Abduvoxidov Davlatbek Shuhratjon o‘g‘li
• Safarov Mirjalol Amir o‘g‘li

Kengash davomida guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi va barcha ishtirokchilar tabriklandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube