O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 29-avgust kuni yana bir markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Edu smart” binosi eng zamonaviy uskunalarga ega bo‘lgan studiya bo‘ldi.
Mazkur studiya endilikda onlayn darslar va masofaviy ta’lim darslari, professor o‘qituvchilarning darsliklarini yozib olish imkonini beradi.
Mazkur binoning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitetning rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, faxriy mehmonlar va talabalar ishtirok etdi.