O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov universitet talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv universitetning Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda universitet rahbariyati vakillari hamda talabalarning faol ishtiroki kuzatildi. Uchrashuv davomida ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy va amaliy loyihalar, xalqaro almashinuv dasturlari kabi masalalar muhokama qilindi.

Talabalar uchrashuv davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet hayoti va o‘quv jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida rektor universitet rahbariyati vakillariga talabalarning taklif va muammolaridan kelib chiqib, tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube