O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqasining universitet bosqichi o‘tkazildi
27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba yigit va qizlar o‘rtasida kurash sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada jamoalar belgilangan tartib asosida ishtirok etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov Madaminovich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Xamdamov Doniyor hamda Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri Ochilov Elbek Olimovich tomonidan taqdirlandi.
Universitet rahbariyati mazkur musobaqaning talabalar o‘rtasida sport faoliyatini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi ahamiyatini qayd etdi.
