O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Jafarov Axror Akmalovich so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish va zamonaviy raqamli tahdidlardan himoyalanish masalalariga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilishning ahamiyati haqida tushuntirish berdi.

Uchtepa tumani 1-sonli IIB boshlig‘i, mayor Turayev Axror Asrorxo‘ja o‘g‘li “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning tahlili” mavzusida ma’ruza qilib, jinoyatchilikning oldini olishda profilaktik ishlarning o‘rni muhim ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i, podpolkovnik Abdusalamov Rashid Amirovich favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, evakuatsiya qoidalariga amal qilish va xavfsizlik madaniyatini oshirish yuzasidan muhim tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida savol-javob qismi tashkil etilib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
