Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya 2025-yil 22–29-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida “Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt vositalarini qo‘llash” mavzusiga bag‘ishlangan qisqa muddatli xalqaro treningda ishtirok etmoqda.

24-dekabr kuni trening dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Tsinghua universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida universitet o‘qituvchisi Kellen Zhang tomonidan “AI Empowers the Reforms of Higher Education Teaching” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar jarayonida oliy ta’limda sun’iy intellekt asosida ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish masalalari, MOOC onlayn platformasi imkoniyatlari hamda XuetangX avlodiga mansub zamonaviy sun’iy intellekt vositalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube