O‘zDJTU — XALQARO REYTINGDA ETIROF ETILDI!

O‘zDJTU — XALQARO REYTINGDA ETIROF ETILDI!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Times Higher Education World University Rankings 2027 xalqaro reytingida “Reporter” maqomi bilan qayd etildi.

 THE World University Rankings — dunyoning yetakchi universitetlarini ularning asosiy akademik faoliyati va ilmiy salohiyati bo‘yicha baholaydigan nufuzli xalqaro reytinglardan biridir.

 THE WUR 2027 reytingida universitetlar 5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
Ta’lim — o‘quv muhiti va ta’lim sifati
 Tadqiqot muhiti — ilmiy faoliyat hajmi, daromadi va akademik nufuzi
 Tadqiqot sifati — iqtiboslar, ilmiy ishlarning kuchi, sifati va ta’siri
 Xalqaro istiqbol — xalqaro talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy hamkorlik
Sanoat bilan hamkorlik — sanoat daromadlari va patentlar

 “Reporter” maqomi nimani anglatadi?
Bu maqom O‘zDJTU:

Xalqaro reyting tizimida faol qatnashayotganini barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etganini global akademik maydonga integratsiyalashayotganini bildiradi

Ushbu natija universitetning xalqaro maydondagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi. Bu esa kelajakda yuqori reyting natijalariga erishish uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

 Batafsil ma’lumot: https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/latest/world-ranking

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube