O‘zDJTU faxriy professorining maqolasi xalqaro nashrda e’lon qilindi

O‘zDJTU faxriy professorining maqolasi xalqaro nashrda e’lon qilindi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti “Arab tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi faxriy professori Ahmad Jasim Abbas Al-Zubaydiyning O‘zbekiston iqtisodiyoti va energetika sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan maqolasi Iroqda nashr etiladigan xalqaro arab tilidagi “Az-Zaman” gazetasida chop etildi.

Maqolada O‘zbekistonda neft va gaz bozori barqarorligini ta’minlash, ichki bozorda yoqilg‘i ta’minotini yaxshilash hamda narxlarning keskin oshishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritilgan.

Muallif, shuningdek, energiya resurslariga bo‘lgan talabni qondirish, ishlab chiqarish va ta’minot jarayonlarini takomillashtirish, bozor barqarorligini ta’minlash hamda iqtisodiy rivojlanish uchun muhim bo‘lgan energetika siyosatiga e’tibor qaratgan.

Ahmad Jasim Abbas Al-Zubaydiyning xalqaro nashrda maqolasi e’lon qilingani uning ilmiy va ekspertlik faoliyati bilan bir qatorda, O‘zDJTU professor-o‘qituvchilarining xalqaro axborot makonidagi faolligini ham namoyon etadi.

Ma’lumot uchun: yig‘ilish yakunida Ahmad Jasim Abbas Al-Zubaydiyga “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faxriy professori” unvonini berish to‘g‘risidagi masala ma’qullangan.

Manba: “Az-Zaman” — Iroqda nashr etiladigan arab tilidagi xalqaro mustaqil kundalik gazeta.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube