O‘zDJTU huzuridagi tarmoq markazida bitiruv loyiha ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil sentabr oyida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili” yo‘nalishlari tinglovchilarining bitiruv loyiha ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy attestatsiyaning dastlabki bosqichi — test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar bitiruv loyiha ishlarini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Himoya jarayonida tinglovchilar kurs davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasiga oid loyihalarini taqdim etdilar.
Bitiruv loyiha ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan tinglovchilarni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!