O‘zDJTU rahbariyati talabalar yashash sharoitlarini o‘rgandi

 

 

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari Chilonzor tumanida xususiy tadbirkor tomonidan tashkil etilgan ijara uylarda yashovchi Ingliz tili birinchi va Tarjimonlik fakulteti talabalarining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

 

 

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari, duch kelayotgan muammolari hamda xavfsizlik choralari, xususan, elektr va gazdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Talabalarning yashash muammolari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

Universitet rahbariyati kelgusida ham talabalar turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube