O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov xitoylik volontyor-ustoz Dai Sheng Hao bilan uchrashdi

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov xitoylik volontyor-ustoz Dai Sheng Hao bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetda uch yil davomida volontyor-ustoz sifatida samarali faoliyat yuritgan xitoylik mutaxassis Dai Sheng Hao bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rektor Dai Sheng Haoning O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi uch yillik samarali faoliyatini yuksak baholab, uning ta’lim jarayoniga qo‘shgan munosib hissasi hamda fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanganidek, Dai Sheng Hao O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida faoliyat yuritgan davrida talabalarga xitoy tilidan saboq berib, o‘zining chuqur bilimlari, yuksak kasbiy mahorati va samimiy insoniy fazilatlari bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar orasida katta hurmat qozondi. U dars mashg‘ulotlariga mas’uliyat bilan yondashib, talabalarning xitoy tilini puxta egallashi va xalqaro madaniy almashinuvga bo‘lgan qiziqishini oshirishga munosib hissa qo‘shdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Dai Sheng Hao O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi volontyorlik faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlagani munosabati bilan samimiy kuzatildi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov unga universitet rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun tashakkur bildirib, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube