OʻzDJTU rektoriga biriktirilgan 30 nafar “Qizil” toifadagi yoshlarning holidan doimiy tarzda xabar olinmoqda.

OʻzDJTU rektoriga biriktirilgan 30 nafar  “Qizil” toifadagi yoshlarning holidan doimiy tarzda xabar olinmoqda.

OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turgani bois, kecha 21-yanvar kuni (rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Chutpulatov Sergeli tumanida boʻlib, yoshlar holidan xabar oldi.

Tumanning “Eski Jaloyir” mahallasidan Abdulaziz Dautov , Madinabonu Rahimjonova,  Roʻza Qutimurodova , “Qut-Baraka” mahallasidan Muhammadali Hakimov, Habiba Mannopova , “Sadoqat” mahallasidan Botir Yormatovlarning xonadonida boʻlgan M.Chutpulatov ularning har biriga zarur oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordam pullari hamda rektorning xatini yetkazdi.

Shuningdek, ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, kelajakda har bir yoshning oʻz oʻrniga ega boʻlishiga koʻmaklashishi va har qanday yordamga tayyor ekanligini aytib oʻtdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube