OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti vakili xalqaro forumda
29-may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Nankin shahrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Nankin politexnika instituti o‘rtasidagi hamkorlikka asoslanib ushbu institut va Jiangsu “Feniks” xalqaro nashriyoti tomonidan “Xitoy va O’rta osiyo davlatlari ta’lim ishlab chiqarishi va integratsiyasi xalqaro forumi” tashkil qilindi.
Dasturda O’rta Osiyoning turli davlatlari vakillari va O’zbekiston Republikasining Shanghai shahridagi konsullik idorasi rahbari Shukurlo Turmatov ishtirok etdi.
OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri Shahnoza Hakimova ham forumda “O’zbek talabalariga xitoy tili grammatikasini o’qitish jarayonidagi mavjud muammolar va ularning yechimi” nomli ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Shuningdek, forum doirasida xitoylik muallif Wang Xia va Shahnoza Hakimova tomonidan yaratilgan “Ish muhitida xitoy tili” darsligi taqdimoti ham o’tkazildi.
Dastur davomida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Jiangsu “Feniks” xalqaro nashriyoti bilan memorandum imzolash va kelajakda xitoylik mualliflar bilan hamkorlikda ko’plab adabiyotlar nashr etish masalalari muhokama qilindi.