O‘zDJTU talabalari uchun xalqaro tajribaga ega mutaxassis tomonidan psixologiya darslari boshlandi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Ozarbayjon davlat tillar instituti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi asosida universitetimizga dotsent, psixologiya fanlari nomzodi Jeyxun Aliyev tashrif buyurdi.
Hozirda u universitetimiz talabalari uchun psixologiya fanidan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Jeyxun Aliyevning o‘ziga xos pedagogik yondashuvi, innovatsion uslublari va amaliy mashg‘ulotlarga boy dars jarayonlari talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda.