Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi, Xalqaro press-klub va qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan "Yuksalish umummilliy harakati" O‘zbekiston fuqarolik jamiyati rivojiga hissa qo‘shgan, yil davomida o‘z tashabbuslari, loyihalari bilan faollik ko‘rsatgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarni e’tirof etib kelmoqda.
“Fuqarolik jamiyati haftaligi”ning yakuni sifatida noyabr oyida o’tkazilgan marosimda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 4-bosqich talabasi Shаhzodbek Mirzaulug’ov “Yil qahramoni -2023" nominatsiyasi sohibi deb topilib, maxsus sertifikat, statuekta va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Shahzodbekni bu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!