O‘zDJTU vakillari Global Sustainable Development kongressida ishtirok etadi
20-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Global Sustainable Development kongressida ishtirok etish uchun jo‘nab ketayotgan universitet vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Xalqaro reytinglar bo‘limi boshlig‘i B. Nishanaliyev hamda bo‘lim mas’ul xodimi F. Sultonov ishtirok etdi. Mazkur kongress oliy ta’lim muassasalarining BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida amalga oshirayotgan faoliyati hamda erishilgan natijalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda THE Impact Rankings va UI GreenMetric xalqaro reytinglarining 2026-yil yakunlari e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov universitet vakillariga mazkur nufuzli xalqaro tadbirda muvaffaqiyatli ishtirok etish, O‘zDJTUning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lida samarali natijalar bilan qaytishlariga tilak bildirdi.