2024-yil 9-oktyabr kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings-2025 reyting natijalarini e’lon qildi.

 

Bu yilgi reytingda Oʻzbekistondan jami 48 ta oliy ta’lim muassasasi “Reporter” maqomida qayd etildi va undan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham yana bir bor munosib o'rin egalladi.

 

Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THE ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda Reyting agentligi ularga yaqindan yordam berdi. Reyting boʻyicha universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

 

Ma’lumot uchun: joriy yil ushbu reytingda 2 857 ta universitet qayd etilgan boʻlib, bundan tashqari 750 ta universitet “Reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga loyiq koʻrildi.

 

Ta’kidlash joiz, 2024-yilda universitetimiz “Times Higher Education” agentligi tomonidan tuziladigan “THE Impact Rankings-2024”, “Young University Rankings-2024”, “Asia University Rankings-2024”  xalqaro reytinglarida “Reporter” maqomini qayd etdi. 

 

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasini ushbu ulkan natija bilan muborakbod etamiz!

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube