Bugun OʻzDJTU Yoshlar ittifoqi kengashi va Ingliz tili 1-fakulteti tomonidan Konstitutsiya qabul qilinganligiga 31 yil toʻlganligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekani Akmal Yuldashev ochib berdi.

Tadbir avvalida universitet Yoshlar ittifoqi tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Shundan soʻng, talabalar yangilangan konstitutsiyaning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi, sahna koʻrinishlari, raqslar ijro etildi.

Tadbir vatanni madh etuvchi qoʻshiq bilan yakunlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube