OʻzDJTUda “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
2-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi talabalar uchun “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir avvalida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi prorektorlar hamda bitiruvchi talabalar tantanali ravishda sahnaga taklif etildi.

Shundan soʻng universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshishlarini tiladi.
Tadbir davomida universitetning jamoat, ilmiy, sport, ijodiy va innovatsion faoliyatida alohida faollik koʻrsatgan bitiruvchilar “Eng yaxshi tashabbuskor”, “Eng yaxshi sportchi”, “Eng yaxshi innovator”, “Eng yaxshi ijodkor” hamda “Eng yaxshi yetakchi” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandilar. Gʻoliblarga maxsus statuetkalar, faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, bitiruvchi talabalarning ota-onalari ham tadbirga taklif etilib, farzandlarining yutuqlariga guvoh boʻldilar. Tadbir yakunida universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayram ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.
“Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri bitiruvchilar uchun unutilmas xotiralar, quvonchli lahzalar va ezgu tilaklarga boy tarzda oʻtdi.
