O‘zDJTUda “HEMIS” tizimi bilan integratsiyalangan telegram bot bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

11-mart kuni bo‘lib o‘tgan mazkur seminar trening universitetning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tomonidan tashkil etildi. Unda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimiga integratsiya qilingan telegram bot – @uzdjtu_uzbot bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

 

 

Seminar-treningni Chutpulatov ochib berdi va ishtirokchilarga yangi tizimning imkoniyatlari hamda ahamiyati haqida tushuntirish berdi.

 

 

Treningda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

- Professor-o‘qituvchilarning ta’lim berish sifatini baholash tizimi;

- Telegram bot orqali talabalarga dars jadvali va muhim ma’lumotlarni yetkazish imkoniyati;

- Talabalar va o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini yig‘ish mexanizmi.

 HEMIS tizimi bilan bog‘liq yangi imkoniyatlar haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun: @uzdjtu_uzbot

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube