O‘zDJTUda imzolangan memorandum amalda: sport yo‘nalishida navbatdagi tashabbus

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Polo Federatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida (https://t.me/UzSWLU/38804) amaliy ishlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu asosda, bugun universitet rahbariyati vakillari rektor Ilxomjon Tuxtasinov bilan birgalikda Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad — ot sporti (polo yo‘nalishi) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan tanishish va ushbu sport turini rivojlantirishga qaratilgan jarayonlarda ishtirok etishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida universitet vakillari ot sporti bilan shug‘ullanish jarayonlari, mashg‘ulotlar tartibi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir O‘zDJTUda haftaning juma kuni “Sport kuni” sifatida belgilanganligi munosabati bilan tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda memorandum doirasidagi hamkorlikni amalda mustahkamlashga qaratildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube