O‘zDJTUda “Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

16-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov Tarjimonlik fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan uchrashib, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazdi.

 

 

 

Uchrashuv davomida talabalarga ta’lim jarayoni, universitetda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, ilmiy-ijodiy hamda ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yotoqxona va stipendiya tizimi, ta’lim sifati, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, xalqaro almashinuv dasturlari kabi masalalar muhokama qilindi.

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov yoshlarni doimo izlanuvchan, yangilikka intiluvchan va vatanparvar bo‘lishga chorlab, ularga o‘qish va hayot yo‘lida omad tiladi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, rektordan bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur uchrashuv birinchi bosqich talabalari uchun nafaqat yangi ma’lumotlar manbai, balki universitet hayotiga tezroq moslashish va katta marralarni belgilashda muhim qo‘llanma bo‘ldi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube