Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Аbdurahmonov ishtirokida OTMga yangi tayinlangan rektor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich bilan tanishtiruv, istiqboldagi vazifalar xususida muloqot boʻlib oʻtdi.

Muloqotda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida roʼy berayotgan oʻzgarishlar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilariga qoʻyilayotgan asosiy vazifalar, oʻqitishning zamonaviy metod va uslublarini amaliyotga keng joriy etish, kreativ taʼlimni rivojlantirish va taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritildi.

Muloqotda soʻz olganlar universitetdagi muhit, kelgusidagi vazifalar va yangi rahbar yonida turib soha uchun munosib kadrlar tayyorlashga hissa qoʻshishlarini bildirishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube