O‘zDJTUda Yaponiyaning TCJ Global kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 25-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning TCJ Global Inc. kompaniyasi prezidenti Takumi Nakazawa va ijrochi direktor Shotaro Komatsu ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraev hamda Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N. Hamidova qatnashdi.
Muhokamada universitet talabalari uchun Yapon tili maktabida ta’lim tashkil etish, o‘qituvchilarni Yaponiyada malaka oshirish, shuningdek, yangi o‘quv adabiyotlarini taqdim etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va universitetda yapon tili ta’limi sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.