PREZIDENT GRANTI TANLOVINING UNIVERSITET BOSQIÇI ÖTKAZILMOQDA

PREZIDENT GRANTI TANLOVINING UNIVERSITET BOSQIÇI ÖTKAZILMOQDA

Özbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026/2027-öquv yili uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovining universitet bosqiçi taşkil etildi.

Tanlov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5172-son qarori ijrosini taʼminlaş, iqtidorli va salohiyatli talabalarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini rağbatlantiriş maqsadida ötkazilmoqda.

Universitet bosqiçida 2025/2026-öquv yilida kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplab, davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan, birinçi kursni barça fanlardan aʼlo baholarga tamomlagan hamda ilmiy va ijodiy faoliyatda muayyan yutuqlarga erişgan talabalar orasidan munosib nomzodlarni saralaş nazarda tutilgan.

4–5-noyabr kunlari bölib ötadigan tanlov doirasida nomzodlarning Özbek tili va Özbekiston tarixi fanlari böyiça bilimlari sinovdan ötkaziladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube