“Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarga Prezident sovgʻasini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

2023/2024 oʻquv yilida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining mutlaq gʻolibi boʻlgan 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Toshkent shahri jamoasiga I darajali diplom, kubok va maxsus statuetkalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan topshirildi. 

“Barkamol avlod” sport musobaqalarini oʻtkazishda oʻzining munosib hissasini qoʻshgani va oʻquvchilari sovrinli oʻrinni egallagani uchun akademik litsey ijrochi direktori Obidova Maqsuda Olimovna va musobaqa bosh hakam Gapparov Odil Anvarovich “Barkamol avlod” kubok bilan taqdirlandilar.

Tayyorladi:Sarvinoz Iminjonova 

2024-05-29 04-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi